avatar
Куч
641.97
Рейтинг
+231.44

Komiljon Aslonov

Мақолалар

Onamdan xat

Oftobim - Onam !
O`g`lim, jigargo`sham, anytgin-chi, nahot,
Achinmaydi joning onang holiga.
Meni to`shaklarga mixlab qo`ydi bod,
Kelsang bir ko`rsamu… o`lsam mayliga.

Chakka o`tgan eski tomga o`xshayman,
Ko`zimdan yomg`irlar to`kilar tinmay.
Bu yorug` dunyoda bormi, bilmayman,
O`z o`g`li yo`liga intizor menday…

Onaizor.

Oftobim - Onam !

Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham…Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham –Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u…


Sig`may qolsam shunday keng bu jahona,Osmonlarga ruhim bo`lsa ravona,Jonsiz tanim ustida ham parvona –Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u…


ONAJON

Oftobim - Onam !
Topmoq — yo‘qotmoqdir,
Yo‘qotmoq – topmoq,
Sen so‘lib,
Men yashab,
To‘lishimga boq.
Sensiz topganimdan
Ko‘proq yo‘qotdim –
Sen meni yupatding,
Seni yig‘latdim,
Sen meni yaratding,
Seni tugatdim.

Sog'intirib bermagin ozor

Блог им. albatros
So'zim tingla, mening farishtam,
Yo'llaringni qilayin gulzor.
Araz qilib yuzing bursang ham
Sog'intirib bermagin ozor.

Hazillarim erkalash deb bil,
Vaslingga sen etma intizor.
Mayli qiyna-arazingni qil,
Sog'intirib berma lek ozor.

Savol so'rsam qovoq uy mayli,
Gunohlaring kechirgayman yor.
Etmoq bo'lsang umrim chiroyli,
Sog'intirib bermagin ozor.

Kel VISOLdan quraylik saroy,
Bo'lsin unga QUVONCH, BAXT devor.
Bizga havas qilsin shams-u oy,
Olam bo'lsin bundan munavvar.

©

"Titanik"ning halokati: haqiqat va taxminlar (davomi)

Dunyo mo'jizalari
    Shu orada halokatning oldi olinganday bo'ldi .Buroq kemaning isitish bo'linmasiga kirgan kuchli suv oqimi o't yoquvchilarning ustiga yopiriladi.Ikki minutdan so'ng kemanningbir qismi mus aralash suvga to'ladi. Kemaga kuch bilan suv kirishi davom etar va kema qismlarini birin ketin to'ldrib, 3- toifadagi kayutalargacha yetib keladi.Kema 10 daqiqa  ichida 3 ming tonnadan oshiqroq suvni «yutib», uning mexanizmlari birin — ketin ishdan chiqa boshlaydi.Biroq radistlar halokat to'g'risida  xabar tarqatishmas, buning uchun ularga hozircha tegishli buyruq berilmagan edi.«Titanik»ning halokati to'g'risidagi SOS xabarini birinchilardan bo'lib, «Frankfurt» va «Karpatiya» kemalari eshitishadi. Kema ixtirochisi Tomas Edryus uni ko'zdan kechirib, o'z mehnati mahsuliga o'lim hukmi chiqaradi:" Uch soatga qolar qolmas kema g'arq bo'ladi" deydi u afsus bilan.

"Titanik"ning halokati: haqiqat va taxminlar

Dunyo mo'jizalari
   Bundan roppa rosa 100 yil muqaddam, ya'ni 1912-yil 14 aprelda XX asrning mo'jizasi hisoblangan eng ulkan kema «Titanik» kemasi tinch okeanlari ummoniga g'arq bo'ldi. Buning sababi nima edi? Nega unday bo'ldi? Keling barchasini boshidan boshlaymiz...   
   Dunyoga juda ma'lum va mashur bo'lgan ushbu kema ixtirochisi Tomas Edryus eng dahshatli halokat yuz bersa ham «Titanik» uch kecha -kunduz cho'kmasdan, suv yuzida turishi mumkinligi haqida odamlarni ishontirgan edi. Ammo «Titanik»ning okean bo'ylab birinchi va oxirgi safarining qatnashchisi sifatida salkam uch ming sayyohlar ishtirokida o'zining bu fikri noto'g'ri ekanligini tan oldi… Keling, hammasini bir boshidan hikoya qilaylik.

Tabobat ilmining sultoni - Abu Ali ibn Sino.

Арбоблар
Жамият
      Jahon fani, xususan tabobat ilmi taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan Abu Ali ibn Sino O’rta Osiyo tuprog’idan yetishib chiqqan vatandosh allomalarimizdan biri hisoblanadi. U 370 –hijriy yili safar oyining boshida (980 – yil avgust oyining ikkinchi yarmida) Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida dunyoga keladi, besh yoshga kirgach, Ibn Sinolar oilasi poytaxt — Buxoroga ko’chib keladi va uni o’qishga beradilar. Ibn Sino avval Qur’on, til va adabiyot darslarini o’qiydi va o’n yoshga yetar –yetmas bu darslarni to’la o’zlashtirib oladi. Ayni vaqtda u mantiq, hisob, aljabr, handasa va falakiyot bilan ham shug’ullanadi. Shu bilan birga Ibn Sino tabiiy fanlarni, xususan sevib o’rgnadi. U o’zining tug’ma iste’dodi va favqulotda mehnatsevarligi tufayli darslarini osonlik bilan o’zlashtirar va hatto muallimlariga noma’lum bo’lgan narsalarni ham kitobdan mustaqil o’qib o’rganardi.

Ayol

Блог им. albatros
Qadoq qo'llaringa beshik izi bor,
Mehringda ulg'aygan farzanding bisyor,
Jannatni sog'inib kim izingda zor
Duosi muqaddas, Onamsan Ayol.
 
Gullar tarovati senda mujassam,
Pokiza qalbingda iymon nuri jam
Qiyosing aytmoqqa netayin so'z kam
Dunyoda tengi yo'q siymosan Ayol.
 
Baxtimga sog' bo'lgin, shod yurgin doim
Farzanding kamolin ko'rgin iloyim
Dunyo saodatin bersin Xudoyim,
Sen onam, sen opam, singlimsan ayol.
©

Ertak

Кўнгил битиклари
       Bor ekan, yo'q ekan. Bizning zamonimizda bir qiz yashar ekan. U poydevori darddan, devori xayoldan, tomi osmondan yopilgan ORZU qasrining tanho malikasi ekan. Darvoqe, bu qasr foniy dunyoda ham emas, boqiy dunyoda ham emas, ikki dunyo oralig'idagi uchinchi dunyoda joylashgan ekan. Bu uchinchi dunyoning mavjudligiga kimdir ishonib, kimdir ishonmas, chunki uni faqat ko'ngil ko'zi bilan ko'rish mumkin ekan Kamdan kam kishilargina bu sohir dunyo fuqarosiga aylanar ekan.
       Bu MUHABBAT ekan.

Zahriddin Muhammad Bobur tavvaludi

Шоҳ ва шоир
Шеърият ва адабиёт
Kecha 14-fevral kuni «Istiqlol» san'at saroyida bobomiz Zahriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag'ishlangan shoira Farida Afruzning «She'riyat» kechasi bo'lib o'tdi. Kechada  san'atkorlar va yosh ijodkorlar o'zlarining she'r va qo'shiqlari bilan kelganlar ko'ngliga xushnudlik bag'ishladi.Shuningdek shoira Farida Afruzning o'zlari ham she'rlari bilan she'riyat ixlosmandlari quvonciga quvonch bag'ishladi. Shuningdek, Farida Afruz so'zlari bilan aytilgan qo'shiqlarini xalqimizning ardoqli san'atkorlari Ozodbek Nazarbekov, Zulayho Boyxonova, Munojot Yo'lchiyeva, G'ulomjon Yoqibov, Gulsanam Mamazoitova, Dildora Niyozova kabi san'atkorlar ijro etishdi. Bu kabi bobimizning tavvalud ayyomini tantana bilan o'tkazish, bobomizga bo'lgan xalqimizning ulug' hurmati sifatida yodga qoladigan bo'ldi.