"Қулоқ сол, ўғлим. Бу сўзларни сен ухлаётган пайтда айтяпман; сенинг жажжи қўлларинг чекканг тагида, сарғиш сочларинг эса терлаган пешонангда ёйилган Мен хонангга ёлғиз ўзим, билдирмасдан кириб олдим. Бир неча дақиқа аввал кутубхонада газета ўқиб ўтирар эканман, мени пушаймонликнинг оғир тўлқини шиддат билан қамради. Мен сенинг каравотчанг тепасига уз айбимни хис этган ҳолда келдим.
Istiqlol yillarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida Amir Temurning xotirasi va boy merosi tiklandi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 1996-yil yurtimizda Amir Temur yili, deb e’lon qilindi va Sohibqiron tavalludining 660-yilligi keng nishonlandi. Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etildi.
Umr nima.Umr aslida bir yumaloq tugmacha yo’l,
Tugmadan sal kattaroq yo yana bir nimacha yo’l.
Beshigimning oldidan qabrim oldigacha yo’l,
Men ketarman bir kuni, navolarim, zorim qolur.
Bu uzun hijron yo’lidir, bu uzun azob yo’li,
Har sahar kulib chiqib, yig’lab botar oftob yo’li.
Kim uchun gunoh yo’lidir, kim uchun savob yo’li,
Harnadir, har biriga ortimda iqrorim qolur.
Yaxshilik murodi bor har dilga men jonim beray,
Yaxshilarga qo’lda boru yo’g’u imkonim beray.
Ko’ngli pok shogirdima bulbul bu zabonim beray,
Men ketarman bir kuni, zor yig’labon torim qolur.
Men ketarman, qolmagay tilla taxtu ko’shklarim,
Menga bu dunyoda chin keltirdi baxt qo’shiqlarim.
O’zbegim uyida yangrar hamma vaqt qo’shiqlarim,
Yod bo’lib aytganlarim, elimda alyorim qolur.
Ol, deya bir kun egam, osmonga uchsa ruhlarim,
Bir ajib moviy diyor bo’ynini quchsa ruhlarim –
Ko’k mening ko’ksim bo’lur, yulduzlari anduhlarim,
Gul o’pib, gul yopinib har dilda mozorim qolur.
Buxoroda Xoja Imom Bakr Fazl… muridlaridan biri bo'zfurushlik qilardi. Ammo doim Xoja Imom Bakr xizmatida qoyim edi. Shuningdek, pirining irodasiga bo'ysunib mol- dunyoga loqayd qarardi. Bo'zfurushning bir o'g'li bo'lib, ish ko'rmagan va tajribasiz yigit edi. Qazo va qadarning laqozosi bilan ramazon oyida bo'zfurushning o'g'lini bir qiz bilan zino asnosida tutib oldilar. Shahar voliysi yigitni qamoqqa oldi va otasining mol-muikiga daxl qildi.
Hotam Toy bu dunyodan o'tgach, birodari uning o'rniga o'tirishni va ehson karamini dunyo ahliga poyandoz qilmoqni ixtiyor qildi. Aytadilarki, Hotam yetmish darichali yumaloq qasr bunyod qilib, o'zi shu qasrda yashar ekan. Ehsontalab gadolar qasr darichalaridan biriga kelib xayr-ehson so'rarkan. Hotam bir gadoga xayr-ehson qilgach, ikkinchi darichadan yana qo'l cho'zarkan. Hotam yana xayr-ehson qilarkan, gado uchinchi darichadan yana qo'l uzatarkan…
Sulton Mahmudning hukmronlik davrida Ray viloyatida bir xotiri bor edi. U mazkur viloyatning podshohi edi. Uning nomini Rasida derdilar. U nihoyatda dono, bilimdon va ziyrak edi. U Faxruddavlaning xotini edi. Faxruddavla vafot etgach, undan Majduddavla ismli bir o'g'il qoldi. Majduddavla ulg'ayib balog'atga yetdi. Lekin u otasining' o'rnini bosa oladigan emas edi. U beandisha edi, binobarin, podshohlikka nomunosib edi. Shunday bo'lsa-da, mamlakat uning nomiga atalib, davlat ishini onasi ynritardi. U Ray, Dahiston va Isfahon viloyatlarida o'ttiz yil hukmronlik qildi.
Bir kishining ko'nglida o'g'rilik hunarini o'rganish havasi paydo bo'ldi. U doim o'g'irlikda kamolga yetishni orzu qilar va o'ziga ustoz qidirardi. Kunlardan bir kun odamlar unga Nishopur shahriga o'z shahrida kasbiga nihoyatda mohir va barkamol bir og'ri bordir, deb xabar berdilar.
U kishi o'z shahridan сhiqib, Nishopurga bordi va ustozning uyini qidirib topdi. Unga o'zini tanitarkan:«Men o'g'rilik ilmida sendan saboq olsam va bu hunarda mahorat oshirmoq umidida keldim», dedi. Ustoz unga iltifot ko'rsatdi va uni uyiga olib kirib, oldiga har xil taomlar qo'ydi.Ul kishi taomga qo'l uzatib yemoqchi bo'ldi. Ammo ustoz uni to'xtatib: «Chap qo'ling bilan taom yegin», dedi. U kishi chap qo'li bilan taom yeya olmadi.Nihoyat yana o'ng qo'lini uzatdi. Ustozi unga dedi:
Vatan nima o'zi? Vatan — ona allasi taralgan,beshiging izlari chizilgan zamin. Ajdodlaring ko'milgan qabriston, ota-onangning izlari qolgan ko'chalar, sening lahjangda so'zlashadigan, qosh-u ko'zi xuddi sening kabilar yashaydigan qadrdon yer — Vatandir !
Birinchi bor bahorni tanigan, ilk bor varrak uchirgan, birinchi marta hayitlik olgan joying, birinchi o'qituvchi, birinchi muhabbatingni tanitgan makon — Vatandir!
Selu do'ldan asrab o'z palaponin,
Kaklik qush o'libdi chiqmay uyadan….
Men — sening shodliging, davring, davroning,
Ro'yob bo'lgan armoningman, onajon.
Yaralgansan meni yaratish uchun,
Dunyoga boqiylik taratish uchun,
Meni deb bedor tong ottirish uchun
Dunyoga kelgansan o'zing, onajon.
Oq sutingni qorishtirib qoninga,
Entiqib ko'tarding kafting, joningda.
Oqshom beshigimni ko'yiib yoninga.
Tunlar uyqing to'rt bo'lgansan, onajon.
Sen daraxt, men mevang — ishonching, kuching,
Mensiz parvoz etmas hech ko'ngil kushing,
Har bir g'animatli nafasim uchun,
Mangu minnnatdorman sendan, onajon IbroyimYusupov
Tarjimasi: R. Sodiqova
Yetmish yulduz yog'ilib,
Yarim oycha to'lolmas,
Yeti yanga yig'ilib,
Bitta ona bo'lolmas,
Ona tirik eshikka
G'urbat yaqin yo'lolmas,
Mening esa, bag'rim qon,
Vayronaman onajon.